“Xalq va armiya – bir tanu bir jon!”
“O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi” hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilim saviyasi va dunyoqarashini kengaytirish, ularni ona vatanga boʻlgan muhabbat tuygʻusini oshirish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorligida 2024-yil 6-yanvar kuni “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida Milliy gvardiya Xorazm viloyat boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi.
Tadbir davomida harbiylar ishtirokida qurollar va maxsus vositalar ko’rgazmasi, saf elementlari, Chavandozlar maktabi otlarining chiqishlari hamda kamondan otish elementlari namoyish etilib yig’ilganlarga milliy armiyamiz bilan faxrlanish kabi hislarini yana bir bor uyg’otdi. O’tkazilgan tadbirda 200 ga yaqin ishtirokchilar qamrab olindi.
6-01-2024, 13:29
Ko'rishlar: 289
Sahifani chop etish