O‘quv markazlari uyushmasini tashkil etiladi
O‘quv markazlari uyushmasini tashkil etiladiXorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara berdi.
Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshdi. Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan
72 mingta instruktor paydo bo‘ldi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga
xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi. Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar
O‘quv markazlari uyushmasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi.
Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan
xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan
AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.
24-02-2026, 09:47
Ko'rishlar: 2
Sahifani chop etish