“Kasbiy rivojlanish kuni”

O‘tgan yilda
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida
Kasbiy ta’lim kengashlari ish boshladi.
Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va
texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.
Hokimlar
texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi.
Har yili kamida
100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilib olindi.
“Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Har oyda texnikumlarda
“Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari tashkil qilinadi. Texnikumlarga ham oliygohlar kabi
“spin-off” ochishga ruxsat beriladi. Bunda
o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha ajratiladi.
Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi
texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida
xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga
yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.
24-02-2026, 09:53
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish