
Joriy yildan
“Kelajak tadbirkori” dasturi ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga
7 yil muddatgacha 15 foizli kredit ajratish boshlanadi.
Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga
garovsiz 20 million so‘mgacha, tadbirkorlik ko‘nikmasiga ega bo‘lib, o‘z biznesini boshlayotganlarga
300 million so‘mgacha, faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga
2 milliard so‘mgacha, kamida 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa
10 milliard so‘mgacha kredit beriladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda
“Mening birinchi kasbim” dasturini boshlash topshirildi. Bunda stajirovka dasturi asosida oliygoh bitiruvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, ularga oyiga
2 million so‘mgacha stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
Tadbirkorlikni endi boshlayotgan yoshlarning 30 foizi
biznes ko‘nikmasi yetishmagani uchun qiyinchilikka uchrayotgani qayd etildi.
Shu bois, har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish, g‘oyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing, ichki va tashqi bozorlarga chiqish bilan bog‘liq
kompleks xizmatlarni ko‘rsatadigan “Yoshlar biznes inkubatori” ishga tushiriladi.
Mutasaddilarga yoshlar uchun qulay joylarni belgilab, bu yil
Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent shahrida, kelgusi yilda
qolgan hududlarda bunday markazlarni tashkil qilish topshirildi.
24-02-2026, 09:58
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish