9-fevral-buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.

9-fevral-buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.

Urganch shahridagi Yoshlar markazida viloyat Yoshlar ishlari  boshqarmasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va O’zbekiston bolalar tashkiloti hududiy bo‘limi tomonidan 9-fevral-buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi, so‘z mulkining sultoni  Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.

✍️ Tadbir o‘tkaziladigan joy bayramona milliy ruhda bezatildi. Alisher Navoiy asarlari, shoir ijodi bo‘yicha banner bukletlar  burchaklari tashkil qilindi. Tadbirda Alisher Navoiy bobomizning boy ilmiy va ma’naviy merosi, o‘zbek adabiy tilining rivojidagi beqiyos o‘rni, uning asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, ezgulik va komil inson g‘oyalari, Navoiy asarlarining bugungi kundagi ahamiyati, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni hamda milliy o‘zlikni anglashdagi muhim jihatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
9-02-2026, 11:39
Sahifaga qaytish