



Bugun viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasida Yangibozor tumani, “Shirinlar” mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimi uchun nomzodlar bilan suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi.🎤Suhbat davomida nomzodlarning yoshlarga oid davlat siyosatidan xabardorligi, tashabbuskorligi, huquqiy savodxonligi hamda mahallada yoshlar bilan ishlash bo‘yicha reja va takliflari muhokama qilindi.
🟢Mazkur suhbat jarayoni ochiq va shaffof tarzda tashkil etilib, nomzodlarning bilim va salohiyatini baholashga alohida e’tibor qaratildi.