“Salqin saharlarda, bodom gulida...” — Bugun bahor va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!1-mart — taqvimda bahorning ilk kuni bo‘lishi bilan birga, millatimizning ardoqli shoirasi, sadoqat va nafosat timsoli Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi hamdir.
Shoira o‘zining betakror ijodi bilan o‘zbek she’riyatiga nafaqat bahorning tarovatini, balki ayol qalbidagi yuksak matonat va muhabbatni ham olib kirdi. Uning har bir misrasi bugun ham qizlarimiz uchun haqiqiy ma’naviyat va hayo maktabi vazifasini o‘tamoqda.
Zulfiyaxonim izdoshlari bo‘lgan barcha iqtidorli qizlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaymiz!