“Yangi O‘zbekiston”

“Yangi O‘zbekiston”

Davlatimiz rahbari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi. 

Yangi O‘zbekiston mamlakatimiz yoshlari uchun yuksak parvozlar, katta-katta g‘alabalar maydoniga aylanib bormoqda. Har bir yo‘nalishda – ta’lim, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari va biznes sohalarida yangi nomlar, yangi qahramonlar paydo bo‘lmoqda. Mana shunday bilimli, jo‘shqin va izlanuvchan o‘g‘il-qizlar bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz.
“Aziz farzandlarim, bugun Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘lishdek ulkan baxt va yuksak sharaf sizlarga nasib etmoqda. Qancha-qancha ajdodlarimiz intilib yashagan shu buyuk orzuni ro‘yobga chiqarishga sizlar, shubhasiz, qodirsiz. 

Bugungi tinch va osoyishta hayotning, yaratilgan katta imkoniyatlar, ota-onalar, ustoz-murabbiylaringiz mehnatining qadriga yetib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansangiz, bilim va mahoratingizni doimo oshirib borsangiz, kelajak, albatta, siznikidir. 

Bu yo‘lda sizlarga, butun O‘zbekiston yoshlariga yana qanday sharoit zarur bo‘lsa, barchasini yaratib berishga tayyormiz. Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun deb yashasangiz, Vatan va xalq ham sizni e’zozlab, boshiga ko‘taradi! 

Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi bo‘lib, uning zafar bayrog‘ini baland ko‘tarishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!” – dedi davlatimiz rahbari.
21-03-2026, 09:49
Sahifaga qaytish