“Yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Xorazm viloyati, 2026-09-22
Korxona, tashkilotlar hamda boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirokida “Yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bilan ishlash tizimidagi dolzarb vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, korxona va tashkilotlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.