Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Bobur Olimov “Jasorat maktabi”ning 3-mavsumida ishtirok etayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Xorazm viloyati, 2026-09-15

Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Bobur Olimov “Jasorat maktabi”ning 3-mavsumida ishtirok etayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning o‘quv yig‘inlari jarayonidagi ishtiroki, mashg‘ulotlar samaradorligi hamda ularning taklif va tashabbuslari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda jasorat, intizom, mas’uliyat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kelgusidagi rejalar va takliflarini bildirdilar.

Saytda o‘qish