Bugun Xorazm viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i Bobur Olimov Urganch tumanidagi Arablar va Yangi O‘rtabog‘ mahallalarida yoshlar yetakchilarining faoliyati bilan tanishdi.
Urganch tumani, 2026-09-21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yoshlar yetakchilarining kelgusidagi rejalari, belgilangan vazifalar va mahalladagi yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflari muhokama qilindi.