“Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi
Xorazm viloyati, 2026-10-02
Ayni paytda Yoshlar markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Respublika bosqichida ishtirokchilar o‘zlarining kitobxonlik madaniyati, bilim va salohiyatlarini namoyon etib, “Eng yaxshi yosh kitobxon” nomi uchun o‘zaro bellashmoqdalar. Tanlov davomida ishtirokchilarning mutolaa va adabiyotga bo‘lgan qiziqishi, bilim doirasi hamda kitobxonlik salohiyati sinovdan o‘tkazilmoqda.