Xorazmlik yoshlar yetakchilari — TOP-100 reytingda!
Xorazm viloyati, 2026-09-22
Yoshlar bilan ishlashda samarali faoliyat olib borgan, tashabbuslari va amaliy natijalari bilan ajralib turgan yoshlar yetakchilarining 2026-yil II-chorak yakuniy reytingi e’lon qilindi.
Quvonarlisi, reytingdan 8 nafar xorazmlik yoshlar yetakchisi munosib o‘rin oldi. Bu natija — mahallalarda yoshlar bilan ishlashga bo‘lgan mas’uliyat, tashabbuskorlik va fidokorona mehnatning munosib e’tirofidir.