Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan video tanlov g‘oliblari taqdirlandi
Xorazm viloyati, 2026-09-16
Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan video tanlov yakunlandi.
Tanlovda yoshlar Vatanimiz taraqqiyoti, tinchligi, bunyodkorligi hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni o‘z ijodiy nigohi orqali videolarda aks ettirdilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra, g‘oliblar munosib taqdirlandi.
Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va kelgusidagi ijodiy faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz!