Gurlan tumanidagi tashrifning navbatdagi manzili robototexnika o‘quv kursi bo‘ldi.
Gurlan tumani, 2026-10-03
Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Bobur Olimov mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishib, yoshlarning zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Mashg‘ulotlarda yoshlarning texnik bilimlarini rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratilmoqda.