Xorazm viloyati Yoshlar markazida viloyat prokurori o‘rinbosari X. Norqobilov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xorazm viloyati, 2026-09-17
Tadbir davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, huquqiy masalalar hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar va takliflarini ochiq bayon etdilar. Bildirilgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.