Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Bobur Olimov Gurlan tumaniga tashrif buyurib, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi hamda shtab faoliyati bilan tanishdi.
Gurlan tumani, 2026-10-03
Tashrif davomida yoshlar bilan ishlash jarayoni, ularning murojaat va tashabbuslari bilan ishlash holati o‘rganildi.
Shuningdek, “Ko‘mak” loyihasi doirasida yosh bilan uchrashuv o‘tkazilib, uning tashabbus va kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.