Urganch shahridagi mahallalarda yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Urganch shahri, 2026-09-18

Urganch shahridagi mahallalarda yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Bobur Olimov tomonidan Urganch shahridagi mahallalarda yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchilarining hujjatlari, ishsiz yoshlar bilan ishlash, PF-193-son Farmon ijrosi, jinoyatchilikning oldini olish, otaliqdagi yoshlarga yordam ko‘rsatish, sport va yoshlar loyihalari, migratsiya, yoshlar bandligi hamda kredit dasturlari bo‘yicha ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, kredit olib, faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlarning obyektlari borib ko‘rildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Saytda o‘qish