Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi

Urganch shahri, 2026-09-01

Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi

Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi. Xorazm viloyatida 41 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar 1-sinfga qabul qilinib, maktab hayotiga ilk qadamlarini qo‘ydi.

Urganch shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Bobur Olimov ishtirok etdi.

Tadbir davomida maktab jamoasi va o‘quvchilar yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklanib, o‘quvchilarga puxta bilim olishlari, ustozlarga esa mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.

Shuningdek, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga portfel va zarur o‘quv qurollari to‘plamidan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirildi.

Saytda o‘qish