Yangiliklar


O‘zbekiston bo‘ylab 7 hududda 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi

O‘zbekiston bo‘ylab 7 hududda 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi boshlanmoqda

IT Park Uzbekistan yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalariga mo‘ljallangan 1 oylik Inkubatsiya dasturini boshlayotganini ma’lum qiladi. Dastur quyidagi hududlarda amalga oshiriladi: 

🟢Xorazm viloyati 
🟢Samarqand viloyati 
🟢Buxoro viloyati 
🟢Qashqadaryo viloyati 
🟢Surxondaryo viloyati 
🟢Navoiy viloyati 
🟢Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Kimlar qatnashishi mumkin? 

— Oliy ta’lim muassasalari talabalari 
— IT o‘quv markazi tinglovchilari 
— IT kompaniyalari mutaxassislari 
— Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar 

Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Dastur oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi, istaganlar virtual tarzda ham ishtirok etishlari mumkin. 

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? 

✔️ Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar
✔️ Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar 
✔️ Mahorat darslari 
✔️ Jamoa bo‘lib ish yuritish 
✔️ MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar 
✔️ Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish

    Dedlayn: 26-mart 20:00
Сегодня, 09:54
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish

Joylashuv