O‘zbekiston bo‘ylab 7 hududda 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi boshlanmoqdaIT Park Uzbekistan yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalariga mo‘ljallangan 1 oylik Inkubatsiya dasturini boshlayotganini ma’lum qiladi. Dastur quyidagi hududlarda amalga oshiriladi:
🟢Xorazm viloyati
🟢Samarqand viloyati
🟢Buxoro viloyati
🟢Qashqadaryo viloyati
🟢Surxondaryo viloyati
🟢Navoiy viloyati
🟢Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kimlar qatnashishi mumkin?
— Oliy ta’lim muassasalari talabalari
— IT o‘quv markazi tinglovchilari
— IT kompaniyalari mutaxassislari
— Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar
Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Dastur oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi, istaganlar virtual tarzda ham ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
✔️ Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar
✔️ Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar
✔️ Mahorat darslari
✔️ Jamoa bo‘lib ish yuritish
✔️ MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar
✔️ Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish
Dedlayn: 26-mart 20:00